Qidirish uchun yozing

Kerakli Mahalliy

Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat Adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi Ikromov Muzraf Muborakxo‘jaevich tayinlangan. Xabarga qo‘shimcha qilinishicha, ayni kungacha Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Salohiddin Nuriev Samarqand viloyati Adliya boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida Muzraf Ikromov 2015-2017 yillarda Adliya vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.