Qidirish uchun yozing

Mahalliy Muhim

Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan “Karyera kuni”da mingga yaqin talaba ishli bo‘ldi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida Qarshi davlat universitetida 2018-2019 yilda bitiruvchi talabalar va viloyatdagi umumta’lim maktabi direktorlari ishtirokida «Karyera kuni» o‘tkazildi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjiyev xabar bermoqda.

Maqsud Panjiyevga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish hamda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Karyera kuni” o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, mazkur tadbir ham ayni shu maqsadda tashkil etilgan. “Karyera kuni”da viloyatdagi maktab direktorlari umumta’lim maktablarida etishmayotgan pedagog kadrlar o‘rnini qoplatish uchun bitiruvchi talabalar bilan shartnoma imzolashmoqda.
“Karyera kuni”da viloyatdagi mavjud 1117 ta umumta’lim maktablaridan kelgan direktorlar kelgusi o‘quv yilida qaysi mutaxassislarga ehtiyoj sezayotgan bo‘lsa, ayni shu mutaxassislikka ega bitiruvchi bilan shartnoma tuzgan holda, kelajakda ishlash niyatini bildiradi, — deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjiyev. – Qolaversa ayni kunda ham qaysidir fan o‘qituvchisiga ehtiyoj sezayotgan ish beruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha o‘z takliflarini ham bildirib o‘tishdi. Bitiruvchi yoshlar bilan shartnoma tuzishdi.

“Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda “Karyera kuni” tadbirining ahamiyati va samarasi nihoyatda yuqori, – deydi Qarshi davlat universiteti rektori, professor Bahodir Shoimqulov. – Maqsad kadrlarga buyurtma bergan ish beruvchi bilan bakalavriat hamda magistratura bosqichi bitiruvchilari o‘rtasida aniq integratsion va ishga joylashtirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzoq muddatga mo‘ljallangan aloqalar o‘rnatishdan iborat.
Aniqlanishicha, ayni paytda Qarshi davlat universitetini 2018–2019 o‘quv yilida bitirayotgan 1593 nafar bakalavriat va 55 nafar magistratura talabalari bakalavriaturaning 30 ta ta’lim yo‘nalishlari hamda magistraturaning 13 ta mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda. Yarmarkada bitiruvchi kurs talabalariga taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari asnosida mingga yaqin shartnomalar imzolashga erishildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.