Qidirish uchun yozing

Kerakli Mahalliy Muhim

Chiroqchilik egizaklarning otasiga Prezident sovg‘asi “Spark” berildi

  Ulashish

Chiroqchilik Shavkat, Mirziyo va Miromonlarning otasi Sherzod Do‘stmurodovga Prezident sovg‘asi “Spark” sovg‘a qilindi.

Foto: Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat hokimi o‘rinbosari Maqsuda Mustafoyeva ma’lum qilmoqda.
Maqsuda Mustafoyevaga ko‘ra, Prezident sovg‘asini bugun viloyat hokimligi vakillari va tuman hokimi Rustam Jo‘raqobilovlar tantanali ravishda topshirishgan.

Foto: Viloyat hokimligi matbuot xizmati

“To‘g‘risi bu men uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi, — deydi egizaklarning otasi Sherzod Do‘stmurodov. – Bugun xonadonimizda to‘y. Bizdek yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Viloyat hokimimiz Zafar Ro‘ziyevga ham rahmat. Nasib etsa farzandlarim el koriga yaraydigan insonlar bo‘lib etishadi.

Foto: Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Chiroqchi tumanidagi tarix fani o‘qituvchisi xonadonida egizaklar tug‘ilganligi haqida «Qashqadaryo ziyokorida» xabar berilgan edi

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.