Qidirish uchun yozing

Voqea

Mashinasidan ayrilgan ota bir kunda 2 yillik aliment pullarini to‘lab berdi

  Ulashish

2019 yilning 8 fevral kuni 2 yillab aliment pullarini to‘lamay yurgan qarzdor ota H.R.ning “Damas” avtomobili MIB Shahrisabz tuman bo‘limi xodimlari tomonidan xatlandi. Mashinasidan ayrilgan ota 2 yillik aliment pullarini 9 fevral kuni to‘lab bergan. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi inspektori Gulnoza Dilmurodova ma’lum qilmoqda.
Alimentdan qarzdor ota jami 8 mln 752 ming 892 so‘m qarzini mashinasi olib qo‘yilganidan bir kun o‘tgach, to‘lab bergan. Shuningdek, Shahrisabz tuman IIB YHXB ning ma’muriy qaroriga asosan belgilangan jarimalar ham to‘liq to‘lab berilgach, qarzdor otaga tegishli “Damas” qaytarib berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017 yil Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudi da’vogar S.J. foydasiga turmush o‘rtog‘i H.R.dan bir nafar farzandi uchun aliment pullari undirish belgilangan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.