Qidirish uchun yozing

Ko'p o'qilgan

Yakkabog‘ga xorijdan 90 bosh zotdor tulpor keltiriladi

  Ulashish

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasiga Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalaridan 60 bosh, Rossiya Federatsiyasidan esa 30 bosh zotdor tulpor keltiriladi. Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulovning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda majmuada trenajyor zallari, otlarni parvarishlash uchun qishki va yozgi maxsus hududlar barpo etilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, endilikda temiryo‘lchilar tomonidan qisqa fursat ichida “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi faoliyatini rivojlantirish va tubdan takomillashtirish bo‘yicha bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.
Prezidentning 2019 yil 18 fevraldagi qarori bilan Yakkabog‘ tumanidagi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufiga o‘tkazilgan edi.
Bundan avval Yakkabog‘dagi “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasida boqilayotgan otlarning ahvoli, ularning biz ko‘rgan, eshitgan zotdor otlarga sira o‘xshamasligi OAVda tanqid qilingandi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.