Qidirish uchun yozing

Kerakli

Mart oyi maktabgacha ta’lim muassasalarida “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi”

  Ulashish

Joriy yilning mart oyida maktabgacha ta’lim muassasalarida “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi” o‘tkaziladi. Maqsad, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni xavfsiz va sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirishdir. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya qilish, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirish, ovqat tayyorlash uchun mas’ul xodimlar (hamshiralar, oshpazlar va ombor mudirlari)ning bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
Shu maqsadda, Maktabgacha ta’lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining maktabgacha ta’lim muassasalarida “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori qabul qilindi.
Maktabgacha ta’lim vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shma qarorda:

  • maktabgacha ta’lim muassasalari oshpazlari, omborchilari, hamshiralari uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida taom tayyorlash jarayonida texnologiya qoidalariga amal qilish, oziq-ovqat ombori ishini to‘g‘ri tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar ovqatlantirishini tashkil etishda sanitariya-gigiena talablari va qoidalarining bajarilishini ta’minlash yuzasidan o‘quv-seminarlar o‘tkazish;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari uchun xarid qilinayotgan mahsulotlarning sifatli bo‘lishi, muassasalarda tashkil qilingan brakeraj komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarining texnologik jihozlar, sovutkichlar, oshxona jihozlari, omborxonada mahsulotlarni saqlash sharoitlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mosligi yuzasidan xatlov o‘tkazish.
    Joriy yilning mart oyidan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga mas’ul xodimlar (oshpazlar, omborchi va hamshiralar)ning ovqat tayyorlash texnologiyasi, mahsulotlarni sifatli qabul qilish, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya qilish yuzasidan bilim darajasini va ma’suliyatini oshirish doimiy tartib etib belgilandi.
    Respublikaning barcha tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va Davlat sanitariya epidemiologiya markazlari tomonidan 2 mart kuni oshpazlar, 16 mart hamshiralar va 30 mart kuni omborchilar uchun o‘quv seminarlari o‘tkaziladi.
    Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ovqatlantirish tizimidagi mavjud muammolar aniqlanadi va takliflar tayyorlanadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.