Qidirish uchun yozing

Ko'p o'qilgan

Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan kollej qariyb 12 million jarimaga “tushdi”

  Ulashish

Majburiy ijro byurosi Dehqonobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandangi kasb-hunar kollejlaridan birida tabiiy gaz sarfi bo‘yicha monitoring o‘tkazilganda, kollejda ruxsatsiz noqonuniy ravishda gazdan foydalanib kelish holati aniqlangan. Bu haqda “Ziyonews”ga Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo’limi katta inspektori Gulnoza Dilmurodova ma’lum qilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, kollej rahbariyati hech qanday hujjatsiz, o‘zboshimchalik bilan gaz hisoblagichni yechib olgan xolda, ma’muriy binoni isitish uchun tabiiy gazdan foydalanib kelayotgan bo‘lgan.

MIB xodimlari tomonidan ushbu holat qayta hisob-kitob qilinganda, kollej bu noqonuniy harakati bilan davlat va jamoat manfaatlariga 11 mln 520 ming so‘m zarar etkazgani aniqlangan. Endilikda kollej ma’muriyati etkazilgan zararni qoplash barobarida, noqonuniy harakat uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 101- moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish)ga asosan qo‘llanilgan ma’muriy jarimani hamda tarmoqqa qayta ulash uchun to‘lovni amalga oshirgandan so‘ngina tarmoqqa qayta ulab beriladi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.