Qidirish uchun yozing

Shahrisabzda navbatdagi xalqaro maqom anjumani 2020-yilda o‘tkaziladi

Madaniyat

Shahrisabzda navbatdagi xalqaro maqom anjumani 2020-yilda o‘tkaziladi

  Ulashish

Shahrisabzda navbatdagi xalqaro maqom san’ati anjumani 2020-yil sentabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladi. Bu Prezidentning II xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoyishida ko‘zda tutilgan.
Hujjat bilan:
2020-yil 1-iyunga qadar respublika hududlarida maqom ansambllarining konsert dasturlari, “Yosh maqom ijrochilari”, bastakorlar o‘rtasida “Maqom yo‘lida yaratilgan eng yaxshi asar” kabi nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovlari hamda taniqli maqomshunos olimlar, tajribali maqom ijrochilari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazib borish;
2020-yil 1-avgustga qadar anjuman doirasida “Maqom san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dasturini ishlab chiqish, shuningdek, anjumanda ishtirok etadigan xorijiy hamda mahalliy musiqashunos va maqomshunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ro‘yxatini shakllantirish;
Shahrisabz shahridagi Maqom muzeyini ushbu san’atga oid tarixiy, ilmiy-ijodiy manbalar, qadimiy va zamonaviy cholg‘u asboblari va boshqa yangi eksponatlar bilan boyitish choralarini ko‘rish belgilangan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.