Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Qarshi shahrida doston kechasi tashkil etildi

  Ulashish

Qarshi shahrida “VORIS” nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish markazi hamda “OXUS Culture” jamiyati tashabbusi bilan doston kechasi tashkil etildi. Kechada O‘zbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Rahimov “Kuntug‘mish” dostonini kuylab, tinglovchilarni yana bir lol etdi.

Qahhor baxshi Rahimov
Foto: Fotima Jumayeva

Doston kechasi Prezidentning 2018-yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish” to‘g‘risidagi qarori doirasida nodavlat-notijorat hamda xususiy tashkilotlar, korxonalar tomonidan ham bir qancha hayrli va samarali ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatdi.

“Tadbirni tashkil etishda viloyat madaniyat boshqarmasi, Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashgan maktab internati, viloyat kasaba uyushmalari birlashmalari yaqindan yordam ko‘rsatdi, — deydi viloyat «Voris» folklor va nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish markazi direktori Fotima Jumayeva. – Qahhor baxshi Rahimov “Kuntug‘mish” dostonini uch soat jonli ijroda kuylab, tinglovchilarni xushnud etdi. Mayin do‘mbra sadolari ostida boshlangan doston tinglovchilar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi.

Tadbirda viloyatning turli hududlaridan Dexqonobod, Nishon, G‘uzor, Kasbi tumanlaridan baxshilar, o‘quv yurtlari o‘qituvchi va talabalari, madaniyat, kasaba uyushmalari xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda chet ellik sayyohlar Piers va Kerri (Avstraliya) lar ham ishtirok etishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “OXUS Culture” jamiyati tashabbusi bilan ayni kunga qadar 7 marotaba doston kechasi tashkil etilgan. Doston kechalari viloyatning boshqa hududlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.