Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Fohishaxona tashkil qilgan fuqaro aybini yopish uchun IIB xodimiga 10 million pora taklif qildi

  Ulashish

2019 yil 25 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli hamda 3-sonli IIB profilaktika inspektorlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda 1951 yil Andijon viloyati, Jalolquduq tumanida tug‘ilgan fuqaro I.E. uyida fohishaxona tashkil etib, fuqarolar R.F. va B.D.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi, evaziga B.D.dan 50.000 so‘m pul olganligi aniqlangan.

Tadbir paytida I.E.dan olingan 50.000 so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan. Fuqaro noqonuniy xatti-harakatini xaspo‘shlash evaziga mayor F.Yorovga 10 miilion so‘m pora taklif qilgan.

Mayyor F.Yorov fuqaro pora taklif qilayotganini rahbariyatiga bildirgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Departamentning Qarshi shahar bo‘limi va Qarshi shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda 2019 yil 26 yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir paytida Qarshi shahar 3-mitti tumani hududida joylashgan 10-sonli profilaktika inspektorining xizmat xonasida fuqaro I.E mayor F.Yorovga 6.790.000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 26 yanvar kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qarshi shahar bo‘limi tomonidan fuqaro I.E.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) ning 4-qismi “b” bandida va 211-moddasi (Pora berish) ning 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.