Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Bir mahalladan 58 nafar iste’molchini chuv tushirgan firibgarlarga jazo tayinlandi

  Ulashish

Mirishkor tumangaz korxonasida faoliyat olib borgan xodimlar o‘zaro til biriktirib, bir mahallada yashovchi 58 nafar iste’molchilarni chuv tushirdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi katta inspektori Gulnoza Dilmurodova ma’lum qilmoqda.
Mirishkor tumangazda abonent xizmati aholi nazoratchisi lavozimida ishlagan A.J hamkasbi T.F bilan xonadonlarda xatlov o‘tkazmasdan, Mirishkor tuman “Yangi Mirishkor” mahallasida yashovchi 58 nafar fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan loyihadan tashqari 1 dona opis (jo‘mrak)dan foydalanganligi haqida soxta rasmiy dalolatnoma tuzib, dalolatnomalarda ushbu fuqarolarning har biriga 600 m3 dan 108.972 so‘mlik jami 6.320.376 so‘mlik gaz sarfini taqsimlab, soxta yozuv va ma’lumotlar bilan imzolarni soxtalashtirgan. Natijada soxta natijalarni Mirishkor tumangaz filialining “Billingaz” dasturidagi iste’molchilarning abonent hisob raqamlariga kiritishga erishib, asossiz ravishda tabiiy gazdan iste’molchilar hisobiga qarzdorlik hosil qilishga erishadi. Bu esa fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan A.J va T.F.ga Jinoyat kodeksining 228-modda (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a,b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, A.J. ga 1 yil muddatda mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum etish va oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirilgan holda 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan bo‘lsa, T.F.ga ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yilga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.