Qidirish uchun yozing

Dunyo

Yaponiyalik shifokorlar 268 gramm vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqning hayotini saqlab qoldi

  Ulashish

Tokio shahridagi kasalxonalardan birida dunyodagi eng mitti chaqaloqqa uyiga javob berildi, deb xabar berdi “MK.ru”.
2018-yilning avgust oyida dunyoga kelgan bolaning vazni bor-yo‘g‘i 268 gramm edi.

Kasalxonada o‘tkazilgan vaqt ichida bola uch kilogramm vazn yig‘di, endilikda u mustaqil ravishda ko‘krak sutini qabul qila oladi.

Shifokorlar bolaning organizmi yaxshi rivojlanayotgani va ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun unga javob berishga qaror qildi.

Qayd etilishicha, homilador onasidagi irsiy kasallik tufayli bola o‘smay qolgan. Shu sababli shifokorlar homiladorlikning 24-haftasida bolani kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirgan.

Kichkintoyni Amerikaning Ayova universitetida rasmiy ravishda eng kam vazn bilan tug‘ilgan va yashab ketgan bola sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishdi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.