Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Senator, vazir va hokimlar qancha maosh oladi?

  Ulashish

Moliya vazirligi Gazeta.uz nashriga davlat xizmatchilari oylik maoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etibdi.

Unga ko‘ra, rahbar lavozimlar uchun quyidagi oklad bo‘yicha ish haqi belgilangan:

Deputat va senator – 1 mln 560 ming 413 so‘m

Viloyat hokimi – 1 mln 899 ming 783 so‘m

Tuman (shahar) hokimi – 1 mln 643 ming 329 so‘m

Bosh vazir o‘rinbosari – 2 mln 75 ming 955 so‘m

Vazir – 1 mln 727 ming 665 so‘m

Qo‘mita raisi yoki agentlik direktori – 1 mln 643 ming 329 so‘m

Eslatma: bu faqat oklad bo‘yicha ish haqi xolos. Bu miqdorga qo‘shimcha ravishda byudjet hisobidan 115% gacha ustama berilishi mumkin. Masalan, deputatga 115% qo‘shimcha ustama berilsa, uning ish haqi 3 mln 354 ming 887 so‘m bo‘ladi.

Shuningdek, yuqoridagi ish haqilari byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yana ortishi mumkin.

Ha, aytgancha, bu ko‘rsatilgan miqdorlarda soliqlar hisobga olinmagan. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlansa, qo‘lga tegadigan ish haqlari miqdori yanada kamayadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.