Qidirish uchun yozing

Sport

«Real» – «Barselona». Prevyu

  Ulashish

Xabaringiz bor bugun Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida “Real” va “Barselona” jamoalari o‘rtasida Ispaniya kubogi yarim final javob bahsi bo‘lib o‘tadi. Quyida ushbu uchrashuvga oid bir qator qiziqarli faktlar va jamoalarning bugungi o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan asosiy tarkiblari borasida to‘xtalib o‘tamiz.
Qiziqarli faktlar:

“Real” so‘nggi bor “Barselona”ni 2017 yilning 16 avgust kuni Ispaniya Superkubogi uchun bahsda mag‘lubiyatga uchratgan. Madridliklar shundan buyon o‘zlarining azaliy raqiblariga qarshi 4 marta maydonga tushishdi, biroq, ularning hech birida zafar qucha olishmayapti.

“Real” Ispaniya kubogi doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 39ta o‘yindan 35tasida mag‘lub bo‘lishmadi.

“Real” o‘z maydonida “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 8ta bahsdan 7tasida 2tadan ko‘p gol ura olmayapti.

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
Taxminiy tarkiblar:

«Real» Madrid – «Barselona»

Stadion: «Santyago Bernabeu» (Madrid)

Boshlanish vaqti: 01:00

Bosh hakam: Xose Mariya Sanches Martines

«Barselona»: Ter Shtegen – Roberto, Pike, Umtiti, Alba – Buskets, Rakitich, Vidal – Dembele, Messi, Suares.

«Real»: Navas – Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon – Kazemiro, Modrich, Kroos – Vinisius, Vaskes, Benzema.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.