Qidirish uchun yozing

Sport

«Napoli» Ikardini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

  Ulashish

«Napoli» klubi «Inter» bilan kelisha olmayotgan Mauro Ikardini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi.

Italiyalik jurnalist Tankredi Palmerining xabar berishicha neapolliklar 26 yoshli argentinalik futbolchining moliyaviy talabini qanoatlantirishga tayyor. Aniqrog‘i, ular Ikardiga yiliga 9 mln yevro maosh va unga qo‘shimcha yana 2 mln yevro bonus berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, “neradzurrilar” Ikardiga yiliga 6,5 mln yevro maosh taklif qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.