Qidirish uchun yozing

Madaniyat

Ketma-ket tanqiddan so‘ng «Bravo» kulgi jamoasining litsenziyasi tugatildi

  Ulashish

Kun.uz yozishicha, «Bravo» kulgi jamoasining litsenziyasi tugatilishiga “O‘zbekkontsert” bilan tuzgan litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzgani, ya’ni o‘tkazilgan kontsert dasturlarida “O‘zbekkontsert”ga topshirilgan stsenariydan chetga chiqib, milliy urf-odatlarimiz, odob-ahloq, ma’naviy qadriyatlarga yot bo‘lgan, fahshni targ‘ib qiluvchi hajviyalar orqali o‘zbek so‘z san’ati obro‘siga putur yetkazayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda san’atkor odobiga rioya etmagani» sabab bo‘lgan.
Aytishlaricha, 26 fevral kuni “O‘zbekkontsert” maxsus tadbir o‘tkazgan. Tadbirda aytilishicha, «Bravo» kontsertining birinchi kunidan so‘ng «O‘zbekkontsert» vakillari ogohlantirish berib, «qaytarilmasin!» deb ta’kidlagan sahnalar aynan diskka yozilib, tarqatilgan. Ma’lum bo‘lishicha, “Bravo” bilan birgalikda Halima Ibragimovaning litsenziyasi ham tugatilgan., “Gap yo‘q triosi” ogohlantirilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.