Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Vazirlik O‘zAni asossiz maqola chiqarishda aybladi

  Ulashish

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA) tarqatgan “Ishonch telefonlari nomigagina ishlayotgan vazirlik va hokimliklar” nomli maqola yuzasidan raddiya berdi, — deb yozadi telegrammdagi Zed News kanali. «Nahotki O‘zA xodimi G‘ayrat Shirinov yoki uning bevosita rahbarlari tomonidan e’lon qilinayotgan maqola har tomonlama o‘rganilmasa, o‘zlari faoliyat olib borayotgan tashkilot tomonidan yoritib borilayotgan materiallar bilan tanishib bormasalar? Bunday noto‘g‘ri, asoslantirilmagan ma’lumotlar asosida tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan maqolalar xalqning fikrini chalg‘itishga xizmat qilmaydimi?», deb yozadi IIV.
Xabarda aytilishicha, IIV O‘zA asossiz maqola joylashtirilgani yuzasidan tegishli choralar ko‘rishiga umid bildirgan.
Prezidentning 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni talablari asosida aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2017 yilning 1 mayidan respublika ichki ishlar organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 173 ta “Ishonch telefonlari” tugatilib, yagona “1102” qisqa raqamli “Ishonch telefoni” tashkil etilgan.
2018 yilning 30 dekabr kuni O‘zA saytida IIV Tashkiliy departamenti murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Ozodbek Jo‘raboyevning “Xalq bahosi – eng xolis baho” sarlavhali tahliliy maqolasida aynan yagona qisqa “1102” raqamli “Ishonch telefoni” haqida ham so‘z yuritilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.