Qidirish uchun yozing

Muhim

Oltin va kumush medallar oliy o‘quv yurtiga kirishda imtiyoz taqdim etmaydi…mi?

  Ulashish

Xalq ta’limi vazirligi 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 154-sonli qarori asosida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlanganligi haqida xabar bergan edi.
Mazkur xabarni ta’limga ixtisoslashgan ba’zi Telegram kanallarida noto‘g‘ri talqin etilayotgani, ya’ni oltin medal olgan maktab bitiruvchisiga kirish imtihonlarida to‘plagan umumiy baliga 50 foiz, kumush medal olgan maktab bitiruvchisiga esa 30 foiz ball qo‘shib berilishiga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar chop etilmoqda. Vazirlik ushbu holat yuzasidan tushuntirish berdi.
“Yuqorida keltirib o‘tilgan Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan. Shu o‘rinda ta’kidlashimiz joizki, oltin va kumush medallar a’lo baholarda o‘qigan o‘quvchilarga berilishini inobatga olsak, kirish imtihonlarida imtiyozli ballar berilmasa-da, o‘z bilimlarini ko‘rsata olishlari lozim. Qolaversa, Xalq ta’limi vazirligi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etish tarafdori.
Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarni oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iboratdir”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.