Qidirish uchun yozing

Sport

«Manchester Siti» Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritdi

  Ulashish

Londondagi «Uembli» stadionida kechgan uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmadi. G‘olibni aniqlash uchun esa penalьtilar seriyasiga murojaat etildi.

«Futbol lotereyasi»da esa Xosep Gvardiola shogirdlari 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa «shaharliklar» o‘z tarixlarida oltinchi bor Angliya Liga kubogida zafar quchdi va bu borada «Manchester Yunayted», «Aston Villa» hamda «Chelsi»ni (5 martadan) ortda qoldirgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Liga kubogini eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa esa «Liverpul» (8 bor) sanaladi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.