Qidirish uchun yozing

Kerakli Mahalliy

Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi sektor aholining 76 ta muammosini joyida hal etdi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi 4-sektorning 33 nafar mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh viloyatdagi 2342 ta xonadonda bo‘lib, 611 ta turli darajadagi muammolarni aniqladi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat Davlat soliq boshqarmasi mas’uli Firdavsiy Jabborov ma’lum qilmoqda.

Foto: Viloyat Davlat soliq boshqarmasi

“Aniqlangan muammolarning 76 tasi joyida hal etildi, — deydi Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Qudratali Mamatisayev. — Hal etilmagan turli mazmundagi muammolar ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishliligi bo‘yicha manzilli va muddatli xatlar yuborilib, ijrosi nazoratga olingan. Hal etilishi muammoli bo‘lgan masalalar tuman, viloyat, respublika yo‘l xaritalariga kiritilishiga tayyorlanmoqda.
Viloyat Davlat soliq mutasaddilarining aytishicha, viloyatda 4-sektor hududida 166 ta mahalla mavjud bo‘lib, qayta o‘rganishlar natijasida ulardagi xonadonlari soni 126 ming 386 tani, aholi soni esa 688 ming 261 nafar kishini tashkil etishi aniqlangan.
“G‘uzor tumani markazidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan “Taham”, “Janqara” qishlog‘i aholisi 200 ta gaz ballonga muhtojligini yozgan, — deydi Qudratali Mamatisayev. – Aholi shuningdek, qishloq vrachlik punktiga oliy toifali shifokor, akusher ginekolog kerakligini, qishloqdagi 3 ta transformator yangilanishi lozimligini, ta’mirtalab ko‘prik ta’mirlanishini so‘rab amaliy yordam so‘ragan. 4-sektor sa’y-harakati bilan qishloq vrachlik punkti oliy toifali shifokor va bir nafar akusher ginekolog bilan ta’minlandi. 3 ta transformator mukammal ta’mirdan chiqarildi.
Aniqlanishicha, sektor rahbarlari 22 fevral kuni qishloq aholisiga arzonlashtirilgan narxda 400 qop un ham tarqatilishgan. Qishloq ho‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi, aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan. Kam ta’minlangan 20 ta oilaga un, yog‘ va oziq-ovqat mahsulotlari, ularning farzandlariga kiyim-kechaklar tarqatilgan.

Foto: Viloyat Davlat soliq boshqarmasi

“Bir necha yildirki, oyog‘imdagi suyak yorilishi natijasida yurolmay, qo‘ltiqtayoqqa suyanib qolgandim, — deydi Oyziyod Xollieva. — Bugun esa ahvolim og‘irlashib bormoqda. Ikki nafar farzandim bor. Shularning kamoli uchun yashayapman. O‘tgan yili ham bu yil ham 4-sektor rahbari kelib, holimdan xabar oldi. Barchaga rahmat.
Firdavsiy Jabborovning qo‘shimcha qilishicha, ushbu qishloqdagi 6 ta uyning kadastr hujjatlari bepul tayyorlab berilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.