Qidirish uchun yozing

Sport

Shahram G‘iyosov 24 fevral kuni Meksikada mezbon bokschiga qarshi jang qiladi

  Ulashish

Mahoratli bokschimiz Shahram G‘iyosov professional ringdagi yettinchi jangini o‘tkazadi. Aniqrog‘i, u 24 fevral kuni Meksikaning Tixuana shahrida mezbon bokschi Edgar Puertoga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bokschimizning bo‘lajak raqibi Edgar Puerto esa shu kungacha 37 ta jang o‘tkazgan. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 11 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (5 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.

Shahram G‘iyosov esa bungacha professional boksda 6 ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.