Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Qashqadaryoda qariyb 400 bosh mol o‘g‘irlagan 8 kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyat IIB va Koson tuman IIB xodimlari hamkorligidagi o‘tkazilgan tezkor-surishtiruv tadbirlarida viloyatda mol o‘g‘irlashni kasb qilib olgan 8 kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Tezkor tadbir davomida kosonlik J.H.ning yashash uyi molxonasidan 7 bosh qoramol, 15 bosh qo‘y-qo‘zilar, Q.S.ning yashash uyi molxonasidan esa 22 bosh qo‘chqor hamda B.T.ning molxonasidan 21 bosh qoramol va 317 bosh qo‘y-qo‘zi, echkilar topilgan. Shubha ostidagi fuqarolar xonadonidan topilgan mollar tegishli tartibda hujjatlashtirilib olinib, jabrlanuvchilar tomonidan tanib olingani qaytarilgan. Qolgan mollar sodir etilib, fosh etilmasdan kelayotgan chorva mollari o‘g‘irligi jinoyatlariga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Tergov jarayonlarida ma’lum bo‘lishicha, 8 kishidan iborat jinoiy guruh Koson, Nishon va Qarshi tumanlarida faoliyat yuritgan bo‘lib, muntazam ravishda fuqarolar molini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.