Qidirish uchun yozing

Dunyo

Poroshenko qo‘ng‘irog‘iga javob bermagan Putindan shikoyat qildi

  Ulashish

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Vladimir Putin bilan suhbatlashish maqsadida qo‘ng‘iroq qilishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u oxirgi marta Putin bilan 2018-yil 25-noyabr kuni telefon orqali gaplashishga uringan. Biroq Putin uning qo‘ng‘irog‘iga javob bermagan.

25-noyabr kuni Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining uchta kemasi Rossiya davlat chegarasini  kesib o‘tib, Kerch bo‘g‘oziga qarab yo‘l olgan. Ukraina kemalari ularni kuzatib borgan Rossiya FXX chegara xizmati va Qora dengiz floti  kemalarining talablariga e’tibor bermay xavfli manyovr qilgan.

FХX qurol ishlatgan holda Ukraina kemalarini qo‘lga olgan. Sud chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun Ukrainaning 12 nafar dengizchilarini hibsga olish haqida qaror chiqargan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.