Qidirish uchun yozing

Sport

FIFA “Chelsi”ni jazoladi

  Ulashish

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Angliyaning “Chelsi” klubiga ikki transfer oynasi davomida yangi o‘yinchilarni ro‘yxatga olishni taqiqladi.
FIFA Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, rossiyalik milliarder Roman Abramovga tegishli “Chelsi” klubini xalqaro kelishuvlar tuzish va voyaga yetmagan o‘yinchilarni ro‘yxatga olish qoidalarini buzgani uchun yangi o‘yinchilarni ro‘yxatga olmaydi. Jami 29 ta reglamentdan chiqish holati aniqlangan.
Shuningdek, o‘yinchilar “Chelsi”dan boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi ta’kidlangan. London klubiga 600 ming shveytsar franki miqdorida jarima belgilangan (530 ming yevro) va 90 kun davomida voyaga yetmagan o‘yinchilarning ishtiroki bo‘yicha vaziyatni izga solishi kerak.
“Chelsi” mazkur qaror bo‘yicha FIFAning apellyatsiya qo‘mitasiga murojaat qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” Angliya chempionatining 26-tur yakuniga ko‘ra 50 ochko to‘plab turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.