Qidirish uchun yozing

Sport

Chicharito APLda rekord o‘rnatdi

  Ulashish

Londonning «Vest Xem» klubi hujumchisi Xaver Ernandes (Chicharito) kecha APLning 27- turi doirasida «Fulxem»ga (3:1) qarshi bahsda gol urishga erishdi.

E’tiborlisi, shu tariqa 30 yoshli Chicharito premer-ligada 50ta gol urgan ilk meksikalik futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Chicharito “Vest Xem” safiga 2017 yil kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “bolg‘achilar” safida APLda 54ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 13ta gol urishga erishdi. Bundan avval esa «Manchester Yunayted» tarkibida APLda 103ta o‘yinda ishtirok etib, 37ta golga mualliflik qilgan edi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.