Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Bir qator saytlarni bloklagan DXX xodimi ishdan ketdi. Aytilishicha mulozim ishi tergovda

  Ulashish

Davlat xavfsizlik xizmatidagi axborot sohasini nazorat qilib kelgan mas’ul shaxs ishdan olingan. Bu haqda Niyozov News telegram kanali xabar beryapti.

Uning o‘rniga Davlat xavfsizlik kengashidan chiqqan mutaxassis tayinlangan. Ishdan ketgan odam va o‘rniga tayinlanganlarning shaxsi oshkor etilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishdan olingan shaxs 2018 yilda Xabar.uz, Kun.uz, Qalampir.uz singari qator saytlarning bloklanishi, yozga borib bir qator blogerlarning yasama «delo»lar yordamida 15 sutkaga qamalishi, Facebook, YouTube ning bloklanishi, Turon24 axborot agentligining yopilishida asosiy figurant hisoblanadi.

Aytishlaricha, ayni paytda u DXXning sobiq yuqori martabali mulozimlari bilan birga tergovda javob bermoqda. Hozircha bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib ketamiz, 11 fevralda DXX raisi Ixtiyor Abdullayev ishdan olinib, o‘rniga Abdusalom Azizov tayinlangandi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.