Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Nishon va Muborak tumani Adliya bo‘limlari ish haqini ololmayotgan xodimlar ish haqini undirib berdi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyatining Nishon va Muborak tumanida faoliyat yurituvchi korxona xodimlari tuman Adliya bo‘limlariga ish haqlarini o‘z vaqtida ololmayotganidan shikoyat qilishgach, Adliya bo‘limlari aralashuvi bilan ishchi-xodimlar ish haqi undirib berilgan. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat Adliya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Nishondagi Tuman yullardan foydalanish unitar korxonasining ishchi xodimlari ish haqlarini o‘z vaqtida ololmayotganidan shikoyat qilishgach, muammoga tuman Adliya bo‘limi aralashgan. Unitar korxona ishchi-xodimlarining Adliya bo‘limiga ma’lum qilishicha, korxona rahbariyati ishchilarning 2018 yil dekabr oyidan qolgan ish haqini har xil bahonalar bilan bermay, ortga surib kelayotgan bo‘lgan. Adliya bo‘limi xodimlarining ushbu murojaat yuzasidan unitar korxonada olib borgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, haqiqatdan ham korxonaning 42 nafar ishchi-xodimlaridan qarzi borligi aniqlangan. Adliya bo‘limining unitar korxona rahbariyatiga 2019 yil 4 fevral kuni kiritgan taqdimnomasiga ko‘ra, joriy yilning 21 fevral kuni ushbu ishchi xodimlarning 35 830 000 sum ish haqi undirib berilgan.
Shuningdek, Muborak tuman Adliya bo‘limi tomonidan tumanda joylashgan «Qashqadaryoqurilishinvest» unitar korxonasida sayyor qabul o‘tkazilganda, «Qashqadaryoqurilishinvest» unitar korxonasi 27 nafar ishchi-xodimlarining 206 million so‘mlik ish haqi haligacha berilmay kelinayotganligi aniqlangan. Adliya bo‘limi tomonidan 27 nafar ishchi-xodimlarning manfaati ko‘zlanib, jami 206 million so‘mni undirish bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudiga ariza kiritilgan. Natijada ishchilarning 206 million so‘mlik ish haqini undirish buyicha sud hukmi chiqarilib, ijroga qaratilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.