Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Qimorvoz IIB xodimiga aniqlangan qimor o‘yini haqida “miq etmaslik” evaziga 3 million pora taklif qildi

  Ulashish

Joriy yil yil 20 fevral kuni kechki soat 20:10 larda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Kitob tumani bo‘limi, Kitob tumani prokuraturasi hamda viloyat IIB JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kitoblik fuqaro H.R. profilaktika inspektori mayor G‘ayrat Narzullayevga 2 million 453 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 20 fevral kuni Kitob tumani IIB profilaktika katta inspektori mayor G‘ayrat Narzullayev tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Bildirgida yozilishicha, 2019 yil 19 fevral kuni Kitob tumani, Obikanda MFY, Ishqol qishlog‘ida yashovchi fuqaro Abdusamad Boymurodovning yashash uyida qimor o‘yinlari bo‘layotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirgan. Qimor o‘yini ishtirokchisi, 1963 yilda tug‘ilgan Tuyul qishlog‘ida yashovchi H.R. mazkur holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rmaslik va ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan 440 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qaytarib berish evaziga profilaktika inspektoriga 3.000.000 so‘m pullarni pora sifatida taklif qilayotganligini ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha mayor G‘.Narzullayev tomonidan fuqaro H.R. bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan suhbat jarayoni hujjatlashtirilgan va ushbu holat tegishli tartibda protsessual rasmiylashtirilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Kitob tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.