Qidirish uchun yozing

Dolzarb

«Mayda pullar» muomaladan chiqariladi

  Ulashish

Yuz ming so‘mlik kupyura inflyatsiyani oshirishga xizmat qiladi, degan xavotirlar o‘zini oqlamaydi, chunki muomaladagi umumiy pul massasi o‘zgarmaydi. Pul massasining tuzilishi o‘zgaradi xolos. 100, 200 va 500 so‘mlik mayda pullar asta-sekin muomaladan chiqariladi va tanga bilan almashtiriladi. Bu haqda Markaziy bankka tayanib uza.uz xabar berayapti.
Xabaringiz bor, 25 fevraldan respublikamizda 100 ming so‘mlik yangi kupyura muomalaga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Yangi kupyuraning birinchi vazifasi naqd pul bilan hisob-kitob qilishda qulaylik yaratishdan iborat. Bundan tashqari, bank kassirlari, xodimlarining mayda pullarni hisoblashdagi qiyinchiliklari kamayadi, oylik maoshlar, pensiya va nafaqalarni tarqatish soddalashadi. Naqd pullarni chiqarish (bosib chiqarish) hamda ularni tashish va saqlash uchun saflanadigan xarajatlar sezilarli darajada kamayadi. Aholiga bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatish samaradorligi ham oshadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.