Qidirish uchun yozing

Sport

«Barselona» Kantening transferi borasida «Chelsi»ga rasmiy taklif yubordi

  Ulashish

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Chelsi» xavbeki N’Golo Kantega jiddiy qiziqib qoldi.

Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 27 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi bo‘yicha “aristokratlar”ga rasmiy taklif yuborishgan. Ta’kidlash kerakki, Kante kataloniyaliklar safida 31 yoshga to‘lgan Serxio Buskesga o‘rinbosar bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Kante joriy mavsum “Chelsi” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 100 mln yevroga baholanmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.