Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Shahrisabzning Ko‘l qishlog‘ida o‘tgan 2-3 yil mobaynida biror marta ham oilaviy ajrim qayd qilinmaganligi aytilmoqda

  Ulashish

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘ida o‘tgan 2-3 yil davomida biror marta ham oilaviy ajrim yoki oilaviy nizolar uchramaganligi aytilmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining tarixda birinchi marotaba o‘tkazilgan matbuot brifingida aytib o‘tildi.
Matbuot brifingida Shahrisabz tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Muhayyo Almirzayevaning ma’lumot berishicha, mazkur qishloqda yashovchi 1302 nafar aholining 650 nafarga yaqini xotin-qizlar bo‘lib, qishloqda 301 ta oila mavjud.

Muhayyo Almirzayeva
Foto: Ziyonews

“Mazkur qishloq ayollari bilan suhbatlashish uchun borganimizda, qishloq ayollarining turmush o‘rtog‘iga nisbatan itoatkorligini ko‘rib havasimiz keldi, — deydi Muhayyo Almirzayeva. – Eng quvonarlisi ushbu qishloq ayollarida oilaviy munosabatlarni qadrlash hissi yuqori darajada ekan. Shuning uchun ham qishloq tarixida so‘nggi 2-3 yil davomida biror marta ham ajralishlar qayd etilmagan.
Brifingda shuningdek, Qashqadaryo viloyati oilalarni yarashtirish bo‘yicha respublikada eng yaxshi ko‘rsatikichda ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Foto: Ziyonews

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatda o‘tgan yili yarashtiruvlar soni 424 taga ko‘paygan.
Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raislari, viloyat IIB, prokuratura, sud, “Oila” ilmiy-amaliy markazi xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etgan matbuot brifingida Markaziy bankning Qashqadaryo viloyat bosh boshqarmasi mutaxassisi Dilfuza Aminovaning ma’lum qilishicha, viloyatdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun Xotin-qizlarni va oilalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi mablag‘lari hisobidan viloyatga 3 milliard 626 million mablag‘ ajratilgan. “Ushbu mablag‘lar hisobidan viloyatdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlab, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yillik 7 foizli kreditlar berilishi ko‘zda tutilgan, — deydi Dilfuza Aminova. – Ayni kunga qadar 300 milliondan ortiq mablag‘lar o‘z biznesini boshlash niyatida bo‘lgan ayollarga kredit sifatida taqdim etildi.

1 ta muhokama

  1. Baxrom 20.02.2019

    Juda ajoyib oʻrnak qilib koʻrsatish kerak ishingizga 5

    Ответить

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.