Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Qashqadaryoda 2020 yilda Prezident maktabi tashkil etiladi

  Ulashish

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Xalq ta’limi Vazirligi saytida ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Prezident maktablari Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari shaklida tashkil etiladi. 2019 yilda dastlabki maktablarning qurilishi bir vaqtning o‘zida Toshkent va Nukus shaharlarida, Xorazm viloyatida bo‘ladi.
2020 yil kelib Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, 2021 yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu maktablarga qabul qilish respublika ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa 5-10-sinflari uchun har bir maktab 144 nafardan o‘quvchi o‘qishga qabul qiladi.
Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement ili International Advanced Levels)ga ega bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 18 noyabrda prezident Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, har bir viloyatda Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida e’lon qilgan edi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.