Qidirish uchun yozing

Dolzarb

“Obod qishloq” davlat Dasturi bo‘yicha ta’mirlangan Mudin qishlog‘i aholisi ichimlik suvini haligacha Qarshi shahridan olib ketmoqda

  Ulashish

Koson tumanining “Mudin” qishlog‘i aholisi qishloq “Obod qishloq” davlat Dasturiga tushganligi va ish yakuniga yetmasdan chala qolganidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga qishloq ahli ma’lum qildi.
Mudin mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ochil Uzoqovning “Qashqadaryo ziyokori”ga ma’lum qilishicha, qishloqdagi “Olato‘n”, “Chorgumbaz” hamda “Mustaqillik” ko‘chalari “Obod qishloq” dasturi asosida tashqi ko‘rinishi, tom qismi hamda eshik-derazalari aholi tomonidan ta’mirlangan. Mahalliy byudjet hisobidan 20 dona, homiylar ko‘magidan esa 13 dona ko‘cha chirog‘i o‘rnatilgan. 4 kilometr asfalt yotqizilgan. Qishloqdagi 57-maktab, 18-oilaviy poliklinika ta’mirlangan. 32-maktabgacha ta’lim muassasasi yangidan barpo etilgan.
Koson tuman hokimligi bosh mutaxassisi Maqsud Axmedov taqdim qilgan hujjatlarga ko‘ra dastur doirasida 2 ta bekat qurish hamda 4 ta avtobus xarid qilish ishlari bajarilmasdan to‘xtab qolgan. Mudin va Pudina qishloqlarida o‘ta og‘ir sharoitda yashovchi 22 nafar fuqaro uylari ta’mirlab berish rejalashtirilgan, ammo 5 ta shunday fuqaro uyi ta’mirlab berilgan, xolos.
2018 yilda “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilgan Mudin qishlog‘i ahli ichimlik suvi yo‘qligidan ham aziyat chekmoqda. Ichimlik suvini ular Qarshi shahridan (bir vodovoz suv 60 ming so‘m) tashib ketishmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.