Qidirish uchun yozing

Muhim

Dehqonobodlik opa-uka ota-onasi o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab toqqa qochib ketib, mas’ullar aralashuvi bilan ortga qaytarilgan

  Ulashish

Dehqonobod tumanining “Terakli” MFY, “Terakli” qishlog‘ida yashovchi opa-uka 12 yoshli Yulduz va 9 yoshli Fayzibek ota-onasi o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab toqqa qochib ketgan. Opa-ukalar tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mehri Yuldasheva aralashuvi bilan topilgan. Bu haqda 20 fevral kuni bo‘lib o‘tgan viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining matbuot brifingida ma’lum qilindi.

Foto: Ziyonews


Dehqonobod tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mehri Yuldashevaning “Qashqadaryo ziyokori”ga qo‘shimcha qilishicha, asli nishonlik R.B dehqonobodlik qarindoshi B.B ga turmushga chiqib, 5 nafar farzandli bo‘lishgan. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh sababmi oilaning kenja farzandi nogiron bo‘lib tug‘ilgan. Eng kichik farzand hozirda Qarshi shahridagi “Muruvvat uyi”da tarbiyalanadi. Er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab, farzandlarni R.B.ning opasi o‘zi yashaydigan Toshkent shahriga olib ketadi va o‘ziga tegishli savdo do‘konlarida ishlatib keladi.
“Bolalar ishdan beziganidanmi yoki otasini sog‘inibmi birin-ketin uyiga qochib keladi, — deydi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mehri Yuldasheva. — Ona esa bir yarim yildan keyin qaytib kelib, turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy ajrashadi. Sud hukmiga ko‘ra ona 2 nafar farzandi Yulduz va Fayzibekni olib ketmoqchi bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin B.B va R.B o‘zaro kelishmovchilik sabab qonuniy ajrashgan bo‘lib, sud hukmiga ko‘ra oilaning 2 nafar farzandi ota, 2 nafar farzandi esa ona qaramog‘iga berilgan.

Foto: Ziyonews


“Ota farzandlariga onani shu qadar yomon ko‘rsatganki, farzandlarda ona va xolaga nisbatan nafrat kuchayib ketgan, — deydi Mehri Yuldasheva. – Shu sababli ham onasi bilan ketmaslik uchun Yulduz va Fayzibek tog‘dagi archazorga qochib ketgan. Bu ota tomonidan ataylab uyushtirilgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin tuman hokimligi vakillari bilan tuman markazidan 180 kilometr uzoqlikda joylashgan qishloqqa borib, opa-ukalarni topdik va oilasiga qaytardik.
Mehri Yuldashevaga ko‘ra, ayni kunda ota tuman MIBga olib kelingan va sud ijrosini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan mutasaddilar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Matbuot brifingida aytilishicha, 2019 yilning o‘tgan ikki oyi mobaynidagi o‘rganishlar natijasida viloyatda 630 ta notinch oila borligi aniqlangan.

1 ta muhokama

  1. yhffh 25.02.2019

    Dehqonobod

    Ответить

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.