Qidirish uchun yozing

Muhim

20 fevral tonggi soat 6:00 da Dehqonobod tumanida ikkita “Nexia” va “Isuzi” ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanining “Oqrabot” qishlog‘ida 20 fevral kuni tonggi soat 6:00 da ikkita “Nexia” va “Isuzi” ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Dehqonobod tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchi yordamchisi Nuriddin Ochilov ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmatining “Qashqadaryo ziyokori”ga qo‘shimcha qilishicha, Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan Shavkat Meliqulov boshqaruvidagi “Nexia” M39 Toshkent-Termiz yo‘lining 1314-kilometrida harakatlanib kelib, oldindagi qumqo‘rg‘onlik haydovchi 1984 yilda tug‘ilgan Normo‘min Xolboyev boshqaruvidagi “Nexia”ni quvib o‘tishga kirishgan. Shu payt “Nexia” qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, denovlik 1992 yilda tug‘ilgan Akrom Tursunov boshqaruvidagi “Isuzi” bilan to‘qnashgan.

Foto: Xabar.uz

Natijada “Nexia” yo‘lovchisi 1998 yilda tug‘ilgan Olim Abdo‘mo‘minov tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
YTHda oqibatida boshqa jarohat olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, yo‘l transport hodisasi haqida avvalroq Xabar.uz o‘quvchilari ma’lum qilishgandi.

1 ta muhokama

  1. Baxro 20.02.2019

    Bu xabarlar yaxshi iloji boʻlsa koʻproq yechilmay qolgan muamolar xaqida xabarlar orqali yechim topilib xaqiqat boʻy koʻrsatsa ajoyib ish boʻladi ajoyib ishlayapsizlar gap yoʻq ishingizga omad Ziyo News.

    Ответить

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.