Qidirish uchun yozing

Muhim

Xaridor “HAIRUN”dan xayr topmadi

  Ulashish

Qarshilik Gulmira Eshmurodova yakka tartibdagi tadbirkor Majidov Sardor Muhammad o‘g‘liga qarashli savdo do‘konidan xarid qilgan 4 100 000 so‘mlik “HAIRUN” rusumli konditsioner nosoz chiqqanligi haqida shikoyat qilgan. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi ma’lum qilmoqda.
Murojaatni Qashqadaryo viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi vakillari o‘rganib chiqishgach, xaridor haq ekanligi o‘z isbotini topgan.
Sotuvchiga amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirilib, nosoz mahsulot uchun to‘langan 4 100 000 so‘m iste’molchi foydasiga naqd pul shaklida undirib berilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.