Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Soxta tadbirkorlar javobgarlikka tortildi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining to‘g‘ri faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirlarda Shahrisabz shahridagi “Olchazor Aziya” aktsionerlik jamiyati hududida 81 nafar fuqarolar davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy faoliyat olib borayotgani aniqlandi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat davlat soliq boshqarmasi ma’lum qilmoqda.
Soliq boshqarmasining ma’lum qilishicha, qonunbuzarlarga belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun rasmiy ogohlantirish xatlari berilgan.
Shahrisabz shahri “Sangioxir” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Xurramov “Oqsaroy” ko‘chasidagi do‘konida alyuminiy profillardan eshik va deraza romlari yasab, aholiga pullik xizmat ko‘rsatib kelgan. Tadbirkorlik faoliyatidan mo‘may daromad topayotgan bo‘lishiga qaramay, davlat ro‘yxatidan o‘tishni hayoliga ham keltirmagan. Bunday holat shaharning “Nizomiy” ko‘chasida faoliyat yuritayotgan A.Shahriyorovda ham aniqlangan.
Soxta tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi. “Uddaburonlar”dan jami 1 million 700 ming so‘mlik jihozlash mashinasi va alyuminiy profillari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.