Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Quvayt kompaniyasi hamkorlik uchun Qashqadaryo viloyatini ma’qul ko‘rdi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyatiga Quvayt davlatining “Al-bader international development co.w.ll” ko‘p tarmoqli xalqaro kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov ma’lum qilmoqda.
Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika davlatlarida mehmonxona, uy-joy va boshqa qurilishlar, tibbiyot komplekslari, zamonaviy informatsion texnologiyalar ishlab chiqarish, turizm kabi sohalarda faoliyat yurituvchi Quvaytning ushbu nufuzli kompaniyasi viloyatni investitsiyaviy faoliyati uchun maqbul hudud sifatida tanlagan.

Foto: Murod Komilov


Viloyat hokimligi matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, delegatsiya vakillari viloyat hokimligida ko‘plab investitsion loyihalar taqdimoti bilan ham tanishgan.

Foto: Murod Komilov


“Uchrashuvdan so‘ng viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev va kompaniya bosh ijrochi direktori Doktor Ali Ramadon Mahmud kelajakda viloyatda investitsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish borasida ikki tomonlama muzokaralar olib bordi, — deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.