Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Maktab o‘quvchisi do‘kondan 11 mln so‘m pul va mobil telefon o‘g‘irladi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi N.A. IIBga murojaat qilib, 2018-yil 16-noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Navobod qishlog‘ida joylashgan do‘koniga deraza oynasini sindirib kirib, u yerdan 11 300 000 so‘m puli va Samsung rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navobod qishlog‘ida yashovchi, 21-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi S.F. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.