Qidirish uchun yozing

Mahalliy

“Atlas” media park sotuvchisi nega xaridorni aldadi?

  Ulashish

Koson tumani yashovchi Dilbar Yo‘ldoshevaning Qarshi shahridagi “ART Atlas” media park bozori”dan 1 000 000 so‘mga sotib olgan qo‘l telefoni nosoz chiqdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi ma’lum qilmoqda.
Xaridorning aytishicha, sotuvchi xuddi telefon apparati nosozligini bilganday xaridorga chek bermabdi. Qashqadaryo viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi aralashgach, qo‘l telefoni boshqasiga almashtirib berildi. Murojaatni o‘rganish davomida sotuvchi tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi, ya’ni xarid uchun kassa cheki taqdim etilmaganligi holati yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar viloyat davlat soliq boshqarmasiga yuborildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.