Qidirish uchun yozing

Muhim

Sobiq boshliq “Qashqadaryo ziyokori” xabariga javoban lavozimini tark etish sababini ma’lum qildi

  Ulashish

“Qashqadaryo ziyokori” gazetasining internetdagi rasmiy sayti “ZiyoNews.uz”da viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi boshliq tayinlanganligi to‘g‘risidagi xabar chop etilgach, boshqarmaning sobiq boshlig‘i Laziz Xolov tahririyatga e’tiroz bildirdi.
Laziz Xolov tahririyat xabari so‘ngidagi tilga olingan jumlada boshqarma boshlig‘ining ayni shu sababga ko‘ra ishdan olinganligiga sha’ma borligiga iddao qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Laziz Xolov e’tiroz bildirayotgan xabar so‘ngida 2018 yil internet saytlarida Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim maktablari faoliyatiga doir ko‘plab maqolalar chop etilganligi, maqolalarda umumta’lim maktablaridagi isitish tizimi, sifatsiz ko‘mir va o‘quvchilarning o‘z joniga qasd qilish holatlari tilga olinganligi aytib o‘tilgandi.
Sobiq boshliq shuningdek, “ZiyoNews” muxbiriga lavozimini tark etish sababini ham ma’lum qildi. Anglashilishicha, Laziz Xolovga viloyat hokimligidan ish taklif etilganligi bois, boshqarma boshlig‘i xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga egallab turgan lavozimini tark etib, boshqa ishga o‘tish niyati borligini bildirgan. Vazir Sherzod Shermatov esa talabga javoban, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjievga boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchilik vakolatini topshiradi.
Avvalgi xabarimizda boshqarmaning sobiq boshlig‘i ayni damda viloyat hokimligida kotibiyat mudiri sifatida ishini davom ettirayotganini yozgandik. Laziz Xolovning qo‘shimcha qilishicha, mazkur lavozimda ishlayotganiga ham ikki oy muddat bo‘lgan. “Shu bois ham sobiq boshliq deyilganda Maqsud Panjiev nazarda tutilishi kerak, — deydi viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Laziz Xolov.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.