Qidirish uchun yozing

Sport

Markaziy Osiyo I Ochiq chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldik

  Ulashish

15-17 fevral kunlari poytaxtimiz Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasining I Ochiq chempionatiga mezbonlik qildi. Bellashuvlarda Konfederatsiyaga a’zo Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston mamlakatlaridan 150 nafardan ziyod o‘smirlar va kadetlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar berdi deb xabar bermoqda Sports.uz

Foto: Sports.uz


Uch kun davom etgan bellashuvlarda 36 ta medal qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Sportchilarimiz musobaqa davomida 11 ta oltin, 9 ta kumush va 16 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. 1 ta oltin medal esa Turkmanistonning ikkinchi o‘rindan joy olishi uchun etarli bo‘ldi. Qozog‘iston vakillari 2 ta kumush va 7 ta bronzaga ega chiqishdi. Qirg‘izistonlik yosh qilichbozlar esa musobaqada 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Afg‘onistonlik sportchilar esa musobaqani medalsiz yakunlashdi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.