Qidirish uchun yozing

Mahalliy

G‘uzordagi cho‘kayotgan maktab o‘quvchilarining muammosi hal etildi

  Ulashish

“Qashqadaryo ziyokori”da G‘uzor tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-umumta’lim maktabining og‘ir ahvoli, cho‘kayotgani xususidagi maqola chop etilgach, sohaga mas’ul mutasaddilar umumta’lim maktabida bo‘lishgan. Bu haqda tahririyatga maktab direktori Nodira Ro‘yopova ma’lum qilmoqda.
Nodira Ro‘yopovaga ko‘ra, maktabdagi mavjud 28 ta sinf o‘quvchilari 18 fevralь kunidan boshlab, maktab yonidagi G‘uzor transport kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan sinfxonalarida o‘qishini davom ettirmoqda. Maktab direktori so‘zining isboti sifatida kollej sinfxonalarida tahsil olayotgan o‘quvchilari suratini ham ilingan.
“Ayni paytda kollej binosidan o‘quvchilarimiz uchun 14 ta sinfxona ajratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ikki “smena”tahsil olishi ko‘zda tutilgan, — deydi maktab direktori Nodira Ro‘yopova. – Muammoga o‘z vaqtida “labbay” deya javob bergan mas’ullarga rahmat.
Eslatib o‘tamiz, G‘uzordagi mazkur ta’lim muassasasi 624 o‘rinli bo‘lib, maktabda 762 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olayotgan edi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.