Qidirish uchun yozing

Mahalliy

“Bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi bo‘lgan” shovvoz chuv tushdi

  Ulashish

Davlat manfaatidan ko‘ra o‘zining manfaatini ustun qo‘yuvchi “shovvoz”larning uchrab turishi, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan xushyorlikni talab etadi. O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashayotgan xodimlar “Bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi bo‘lgan” ustamonlarga dars berib qo‘yishi tabiiy, albatta. MIB Qarshi tuman bulimi surushtiruvchisi Xusan Odilovning aytishicha, ana shunday ustamonlik qilaman deb qo‘lga tushganlar ham talaygina.

Bu borada byuroning Qarshi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan ham tushuntirish-targ‘ibot ishlari, nazorat tadbirlari amalga oshirib kelinayapti. Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari jarayonida tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalardan biriga tegishli bo‘lgan pishiq g‘isht ishlab chiqarish zavodida tabiiy gaz iste’moli bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur korxona rahbarlari umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, gazdan xo‘jasizlarcha foydalanib kelgan. Natijada ta’minotchi korxona — Qarshi tumanlararo gaz uchastkasi manfaatlariga ko‘p miqdorda — 86 million 169 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shu bilan bir qatorda, yetkazilgan moddiy zarar surishtiruv ishlari davomida aybdor tomonidan to‘liq qoplab berildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.