Qidirish uchun yozing

Sport

Beylga A Seriyadan xaridor chiqdi

  Ulashish

Madridning «Real» klubi vingeri Garet Beyl faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli uelslik futbolchiga «Milan»dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshladi. “Rossonerilar” buning uchun “qirollik klubi”ga xatto 100 mln yevro to‘lashga tayyor.

Ammo, milanliklar UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzganlikda ayblanishganini inobatga olsak, bunday qimmat transferni amalga oshirishlari mushkullik tug‘dirishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, Beyl “Real” sharafini 2013 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.