Qidirish uchun yozing

Muhim

151 ta murojaatdan 35 tasi qanoatlantirildi. Qolgani-chi?

  Ulashish

Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspektsiyasining viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hal qilinishi ahvoli tahlil qilindi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga boshqarmaning murojaatlar bo‘yicha bosh inspektori Mohira Muhammadiyeva ma’lum qilmoqda.

Tahlil natijalariga ko‘ra, inspektsiyaning viloyat boshqarmasi organlariga 2018 yilning avgust-dekabr oylarida jami bo‘lib 151 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 116 tasi tarkibiy tarmoq va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan hal etilib, shulardan 35 tasi qanoatlantirilgan, 2 tasiga rad etish va 79 tasiga tushuntirish haqidagi javob xatlari yuborilgan. 6 ta ariza tekshirish materiallariga qo‘shib hal etilgan. 1 ta anonim ariza ko‘rmasdan qoldirilgan. 16 ta ariza hal etish uchun boshqa muassasaga, 6 ta murojaat hal etish uchun tuman bo‘limlariga va 8 ta murojaat dublikat arizalardan iborat.
Viloyat boshqarmasi organlarida hal qilingan 116 ta murojaatlarning mazmuni jihatidan tahlil etilganida, 7 tasi qishloq xo‘jaligi urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish masalalari yuzasidan, 10 tasi paxta xom ashyosi, don, urug‘lar va ulardan qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish masalalari yuzasidan, 7 tasi oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishini nazorat qilish yuzasidan, 15 tasi texnikalar holati va agrotexnik tadbirlar yuzasidan, 1 tasi chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish yuzasidan, 12 tasi suv resurslari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish masalalari yuzasidan, 59 tasi kadrlarga oid masalalar yuzasidan, 5 tasi boshqa masalalarga oid murojaatlarni tashkil etadi.
Jumladan, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro N.To‘lanovning 50 kg bo‘lgan un mahsulotini 87.500 so‘mdan yuqori narxlarda sotilayotganidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilib, o‘rganish jarayonida Yakkabog‘ tumani, To‘qboy MFY, Qozoyoqli qishlog‘ida un mahsuloti aholiga 87.500 so‘mdan sotilishi ta’minlangan.
Shuningdek, Kasbi tumanidagi “Nigora Akromova” fermer xo‘jaligi raisi X.Musaevning fermer xo‘jaligida ekilgan 20 gektar maydondagi urug‘lik paxta urug‘likka yaroqsiz qilinganida norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganilib, o‘rganish jarayonida, fermer xo‘jaligi tomonidan ekilgan 15 gektar urug‘lik paxta maydoni urug‘likka yaroqli deb topilgan.
Kelib tushgan murojaatlar hududlar bo‘yicha tahlil qilinganida, boshqarmaga 82 ta, Kasbi tumaniga 17 ta, Chiroqchi tumaniga 14 ta, Shahrisabz tumaniga 11 ta, Yakkabog‘ tumaniga 5 ta, Qamashi tumaniga 3 ta, G‘uzor tumaniga 6 ta, Nishon tumaniga 4 ta, Mirishkor tumaniga 4 ta, Qarshi tumani 2 ta, Dehqonobod tumaniga 3 ta kelib tushgan, Kitob, Muborak va Koson tuman bo‘limlariga birorta ham murojaat kelib tushmagan. Boshqarma tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan vakolatli organlarga 1 ta ko‘rsatma, 2 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, sudga 1 ta 37,0 mln. so‘mlik ariza kiritilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.