Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Viloyatda 744 nafar “soliqchi”ning malaka oshirishiga nima sabab bo‘ldi?

  Ulashish

Respublika Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Qashqadaryo hududiy filialida 744 nafar “soliqchi”ning malakasi oshirildi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi boshlig‘i Firdavsiy Jabborov ma’lum qildi. Firdavsiy Jabborovga ko‘ra, filialda ayni kungacha 51 marotaba o‘quv-seminarlar tashkil etilib, unda jami 5 ming 96 nafar ishtirokchi qamrab olingan.
“Bugun soliq to‘lovchilarda sohaga oid qator savollar mavjud. Bu savollarga javob berish uchun ham xodimlarimiz chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak, — deydi markazning Qashqadaryo viloyati hududiy filiali bo‘limi boshlig‘i Rahmonqul Egamov. — Shu maqsadda guruhlar tashkil etib malakali mutaxassislar ishtirokida xodimlarimizning bilim ko‘nikmalari oshirilmoqda.

Xabarga ko‘ra, o‘quv kurslarida tahsil olayotgan xodimlar uchun videokonferentsiya orqali maxsus darslar ham tashkil etilmoqda. O‘tkazilgan navbatdagi o‘quv darsida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartibi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i haqida ma’lumotlar berildi.

“Soliq tizimiga ishga kirganimga endigina bir yil bo‘ldi, — dedi uch oylik kurs tinglovchisi Behruz Kenajayev. — Ish faoliyatim davomida aholi tomonidan berilgan savollarga javob berishga to‘g‘ri keladi. Yaqin qarindoshlar, do‘stlar davrasida bo‘lganimda ham turli savollar bilan murojaat qilishadi. O‘tilayotgan darslarda ishtirok etib, sohadagi bilimni oshirmoqdaman.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.