Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Qashqadaryoda “Yosh jurnalistlar” klubi tashkil etildi

  Ulashish

Qashqadaryoda tarjibali jurnalistlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda yoshlar taklifi asosida Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi qoshida “Yosh jurnalistlar klubi” tashkil etildi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qilmoqda.

Foto: Ahror Sodiqov


Ma’lumki, “Yoshlar ittifoqi” tashabbusi bilan respublikamizda 15-yanvardan 15-fevralga qadar bo‘lgan muddat “Yetakchilar malakasini oshirish oyligi” deb e’lon qilingan bo‘lib, shu yo‘nalish bo‘yicha ko‘plab loyihalar tashkil etish ko‘zda tutilgan edi.
Jurnalist Nuriddin Egamov hamda Dilshod Nabiyevlar jurnalistika va blogerlik sohasiga qiziquvchi yoshlar hamda kasb-hunar kollejlari press klub yetakchilariga o‘z hayotiy tarjibalari asosida jurnalistikaning sir-asrorlari, mashaqqati va dolzarbligi haqida so‘zlab berdi. “Jurnalistika qanday kasb va jurnalistika sirlari”, “Nutq madaniyati”, “Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish” borasida fikr almashildi.

Dilshod Nabiyev
Foto: Ahror Sodiqov


Shuningdek, yoshlarga oid masalalarni yoritish bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga mo‘ljallangan media loyihalarni ishlab chiqish, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar targ‘ibotida nimalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.
“Ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish va faoliyatini jonlantirishda bilimli, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga ongli munosabat bildira oladigan yosh jurnalistlarni tayyorlash muhim o‘rin tutadi, – deydi Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov. – O‘ylaymizki, yangi tashkil etilgan “Yosh jurnalistlar klubi” kelajakda ayni shu maqsadga xizmat qiladi.
Endilikda, har hafta viloyat “Yoshlar markazi” majlislar zalida yosh jurnalistlar uchun tarjibali mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etib boriladi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.