Qidirish uchun yozing

Mahalliy

O‘zbekistondagi oliygohlar soni 100 taga yaqinlashdi

  Ulashish

Yurtimizda yana bir yangi oliygoh o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berayapti.
Hukumat qarori bilan tashkil etilgan Akfa universitetida fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Universitetda ta’lim jarayoni ingliz tilida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. “Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, universitet Janubiy Koreyaning Gachon universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan, — deb ma’lumot beradi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Ma’lumot uchun: Gachon universiteti ARWU xalqaro reytingida 801-900-o‘rinlarda qayd etilgan. QS xalqaro reytingida esa, Osiyo universitetlari orasida 401-450-o‘rinlarni egallab turibdi.
Xushnudbekning yozishicha, mazkur xabar atrofida ijtimoiy tarmoqlarda turlicha fikrlar bildirilmoqda. Masalan, «hammayoq Akfa bo‘lib ketdi», «kun tug‘sayam, oy tug‘sayam shularga ekanda», «bular aralashmagan yana qayer qoldi» kabi izohlarni uchratish mumkin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanalidagi ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 84 ta mahalliy va 14 ta xorijiy — jami 98 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.