Qidirish uchun yozing

Voqea

G‘uzorlik fuqaro otasidan qolgan ov qurolini o‘z xohishi bilan topshirdi

  Ulashish

G‘uzor tumani, Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1963 yilda tug‘ilgan Normengli Ahmedov marhum otasi Ismat Ahmedovdan qolgan 1 dona TOZ rusumli 16 kolibrli 1956 yilda ishlab chiqarilgan ov miltig‘ini o‘z ixtiyori bilan tuman Ichki ishlar bo‘limiga topshirdi. Bu haqda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sunnat Rahmonov ma’lum qilmoqda.

Foto: G’uzor tuman IIB


Respublikamiz hududida fuqarolarning tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarga qonunga xilof ravishda egalik qilishi Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘lishi mumkin. Ammo shu moddaning 3-qismida “Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi”, deb belgilab qo‘yilgan.
Shunga binoan fuqaro Normengli Ahmedov otasidan qolgan ov miltig‘ini o‘z xohishiga ko‘ra, tuman Ichki ishlar bo‘limiga topshirib, fuqarolik burchini bajardi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.